Creation Details
Panel prompts:
- #1“🕯️ UILGERT: QORA PALATA II BOB — LIFTDAGI YO‘LOVCHI Koridor sovuq edi. Juda sovuq. Tom buni darhol sezdi. Tashqarida yoz fasli bo‘lishiga qaramay, bino ichidagi havo qabristonnikidek muzdek edi. 🛗 Lift eshigi hali ham ochiq turardi. Ichkarida esa sarg‘aygan lampochka miltillardi. Bir soniya yonar. Ikki soniya o‘char. Keyin yana yonardi. — Men tepaga chiqaman. Tomning ovozi ishonchli eshitildi. Lekin ichida allaqachon noqulaylik uyg‘ongan edi. — Men birinchi qavatni tekshiraman, — dedi Uil. — Men zinadan chiqaman, — dedi Alex. Tom bosh irg‘adi. — Bir soatdan keyin shu yerda. Eshik yopildi. 🛗 Lift silkinib harakatlana boshladi. Eski troslar g‘ijirlar edi. Go‘yo ular har soniya uzilib ketadigandek. 1... 2... 3 soniya. Hech narsa. Faqat liftning g‘ichirlashi. Tom kulimsiradi. — Ahmoqman men ham... Qo‘rqib ketdim. Birdan. DING. Lift to‘xtadi. Tom tepaga qaradi. Lekin displeyda 2 yoki 3 raqami emas edi. Unda: 0 yozilgan edi. Tomning yuragi bir urishni o‘tkazib yubordi. — Nima... Lift yana yurishni boshladi. Bu safar ancha sekin. Shu payt uning ortidan kimningdir nafas olishi eshitildi. Tom muzlab qoldi. Sekin ortiga qaradi. Hech kim. Lekin lift juda kichkina edi. Nafas esa aniq eshitilgandi. Tomning qo‘llari titray boshladi. Keyin. Juda yaqinidan. Quloq ostidan. Kimdir pichirladi: — Xo‘sh kelibsan... bolakay... Tom qichqirib ortga sakradi. Lift ichida hech kim yo‘q edi. Lekin ovoz davom etdi. — Nihoyat yana mehmonlar keldi.. . — Biz seni kutgandik.. . Tom vahima ichida 3-qavat tugmasini bosdi. Bosdi. Yana bosdi. Yana. Lift javob bermadi. Shu payt lampochka o‘chdi. Mutlaq qorong‘ilik. 🌑 Tom faqat o‘z yurak urishini eshitardi. Keyin. Tomchilash ovozi. Tom. Tom. Tom. Nimadir shiftdan tomayotgan edi. Bir tomchi Tomning yuziga tushdi. U qo‘lini tekkizdi. Yopishqoq. Issiq. Qo‘lini yuziga olib bordi. Qon. 🩸 Birdan lampochka yana yondi. Tom tepaga qaradi. Va qotib qoldi. Liftning butun shipi qon bilan qoplangan edi. Qalin. Yangi. Issiq qon. U tomchilab turardi. Lekin bundan ham yomoni bor edi. Shiftda nimadir osilib turardi. Odam. Yo‘q. Odam emas. Uning tanasi teskarisiga osilgan edi. Qo‘llari singan. Bo‘yni g‘alati buralgan. Yuzida esa tabassum bor edi. Juda keng. Juda noto‘g‘ri. Tom baqirib yubordi. Va shu zahoti mavjudot ko‘zlarini ochdi. 👁️ Ko‘zlari yo‘q edi. Faqat qora chuqurlik. Mavjudot shipdan uzilib tushdi. Tom eshik tomon yugurdi. Ammo lift hali harakatda edi. Mavjudot emaklay boshladi. Qo‘llari qarsillardi. Suyaklari singan edi. Lekin u juda tez harakatlanardi. Tom ortga chekindi. Mavjudot kular di. — Hali ham o‘zingni tirik deb o‘ylaysan mi? Bir lahzada u Tomga yetib keldi. Qo‘lida zanglagan jarrohlik pichog‘i bor edi. 🔪 Tom zarbani zo‘rg‘a qaytardi. Pichoq uning bo‘ynini tilib o‘tdi. Issiq qon oqib tushdi. Tom og‘riqdan qichqirdi. Keyingi zarba yelkasiga tegdi. Pichoq suyakka qadar kirib bordi. Tom yiqildi. Mavjudot ustiga chiqdi. Va pichir ladi: — Nega qay t ding? — Sizlardan oldingilar ham shu savolga javob topa ol madi... Birdan. DING. Lift to‘xtadi. Eshik ochildi. Mavjudot birdan g‘oyib bo‘ldi. Go‘yo u hech qachon mavjud bo‘lmagandek. Tom og‘riq ichida emaklab tashqariga chiqdi. Koridor qorong‘i edi. U uzoqda kimnidir ko‘rdi. — Uil! Shakl yugurib o‘tdi. Tom yengil tortdi. — Uil! To‘xta! Shakl koridor oxiridagi eshikdan kirib ketdi. Tom ortidan yugurdi. Ammo bir narsani payqamadi. Uil bu paytda hali ham birinchi qavatda edi. Va Tom quvayotgan narsa... Uil emas edi. 🌑 Koridor oxiridagi eshik sekin yopildi. Tom ichkariga kirdi. Va shu zahoti orqasidagi eshik o‘z-o‘zidan qulflandi. 🔒 Xonaning devorlari qonga bo‘yalgan edi. Va qorong‘ilik ichidan yuzlab odamlarning qichqiriqlari eshitila boshladi. 🕯️”
- #2“🕯️ UILGERT: QORA PALATA III BOB — QICHQIRIQ XONASI Tom eshik yopilgan zahoti ortiga o‘girildi. 🔒 Tutqich qimirlamadi. Yana urinib ko‘rdi. Hech narsa. Go‘yo eshik devorning o‘ziga aylangandek edi. --- Tomning yelkasidan qon oqardi. Bo‘ynidagi kesik ham tobora achishardi. Nafasi tezlashib ketgan edi. --- Xona qorong‘i. Juda qorong‘i. Faqat uzoqdagi bitta lampochka miltillardi. 💡 Yonadi. O‘chadi. Yonadi. O‘chadi. --- Har safar yorug‘lik paydo bo‘lganda Tom devorlarda nimadir ko‘rardi. --- Dastlab u qon deb o‘yladi. Lekin yaqinlashgach... bu qon emasligini tushundi. --- Bu... tirnalgan yozuvlar edi. --- Minglab. --- Devorning har qarichida bir xil jumla yozilgan edi. --- > MENI CHIQARING > MENI CHIQARING > MENI CHIQARING > MENI CHIQARING --- Ba'zilari tirnoq bilan yozilgandi. Ba'zilari qon bilan. Ba'zilari esa... suyak bilan qirib yozilgandek edi. --- Tomning yuragi tez urardi. --- Birdan. 💡 Lampochka yana yondi. --- Va bu safar Tom bir narsani payqadi. --- Xonaning markazida kasalxona krovati turardi. --- Krovat ustida esa... nimadir o‘tirardi. --- Tom muzlab qoldi. --- Bu odam edi. Yoki bir paytlar odam bo‘lgan narsa. --- Uning boshi egilgan. Qo‘llari osilib turardi. --- Tom sekin ortga chekindi. --- Shu payt. --- KRRRRRRR. --- Mavjudot boshini ko‘tardi. --- Tomning tanasi qotib qoldi. --- Uning yuzi yo‘q edi. --- Butun yuzi tikib tashlangan edi. --- Faqat ko‘z joyida ikkita qonli teshik bor edi. --- Va u Tomga qarab turardi. --- Qandaydir tarzda. Ko‘zsiz holda. --- Tom baqirib yubordi. --- Mavjudot esa juda sekin gapirdi. --- > Bizni unutishdi... --- Tom ortga yugurdi. --- 💡 Lampochka o‘chdi. --- Qorong‘ilik. --- Keyin. --- Yuzlab ovozlar. --- Har tarafdan. --- > Bizni unutishdi... > Bizni unutishdi... > Bizni unutishdi... --- Tom quloqlarini yopdi. --- Lekin ovozlar endi ichidan eshitilardi. --- Go‘yo ular uning bosh suyagi ichida gaplashayotgandek. --- Birdan nimadir oyog‘idan ushladi. --- Tom pastga qaradi. --- Yer ostidan qo‘llar chiqayotgandi. 🖐️🖐️🖐️ --- O‘nlab. Yuzlab. --- Kuygan qo‘llar. --- Tom qichqirdi. --- Qo‘llar uni torta boshladi. --- U bor kuchi bilan tepindi. --- Bir qo‘l sinib ketdi. Lekin boshqasi ushladi. --- Yana biri. Yana biri. --- Go‘yo butun xona tirik edi. --- Tom yig‘lab yubordi. --- Birinchi marta. --- Chunki endi u tushungandi. --- Bu joyda o‘yin yo‘q edi. --- Bu yerda haqiqatan ham nimadir bor edi. --- Birdan. --- Xona oxirida yana o‘sha ovoz eshitildi. --- Liftdagi ovoz. --- > Men seni ogohlantirgandim bolakay... --- Tom boshini ko‘tardi. --- Koridor oxirida qora siluet turardi. --- U juda uzun edi. Juda ozg‘in. --- Qo‘lida esa ulkan jarrohlik pichog‘i bor edi. 🔪 --- Tom qochishga urindi. --- Ammo yer ostidagi qo‘llar uni mahkam ushlab turardi. --- Siluet sekin yaqinlashdi. --- Har bir qadami bilan xona sovuqlashardi. --- Tom yig‘lardi. --- > Iltimos... > Iltimos... --- Siluet uning oldiga keldi. --- Va birinchi marta yuzini ko‘rsatdi. --- Tom dahshatdan qotib qoldi. --- Bu... uning o‘zi edi. --- Faqat kuygan. --- Ko‘zlari yo‘q. --- Yuzining yarmi erib ketgan. --- Va u kulardi. --- > Bu yerga kelishing kerak emas edi. --- 🔪 --- Keyingi soniyada pichoq Tomning bo‘yniga kirib bordi. --- Qon sachradi. 🩸 --- Tomning ko‘zlari kattalashdi. --- Nafasi uzildi. --- Va eng oxirgi eshitgan narsasi... --- yuzlab odamlarning kulgisi bo‘ldi. --- 🌑 Tom endi yo‘q edi. --- Shu paytda... ALEX Alex zinadan chiqayotgan edi. --- Bir qavat. Yana bir qavat. Yana. Yana. --- Lekin 2-qavat kelmasdi. --- Alex to‘xtadi. --- Nafasini rostladi. --- Pastga qaradi. --- Zina davom etardi. --- Tepaga qaradi. --- Zina davom etardi. --- Cheksiz. 🪜 --- Alex kul”
Art Style: Dark Fantasy
Color Mode: Full Color
Panels: 2
Created: